Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida olib borayotganidan xabaringiz bor.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz 16 dekabr – 1 yanvar oralig‘ida kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Yig‘in doirasida 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etildi va ularning barchasida olimpiyachilarimiz g‘alaba qozonishdi.

Bugun futbolchilarimiz Dubaydagi yig‘in doirasidagi so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi. Shu bilan olimpiya terma jamoamiz BAA yig‘inini yakunladi. Bugun soat 21:40da terma jamoamiz Tailandga yo‘l oladi.

Musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yini esa 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o‘tkaziladi.

Qatar bilan o‘yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:01, 01.01.2020.
O'qildi: 3618 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.