Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.

Eriksen uchun da’vogarlar aniq

Londonning «Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen bir nechta top jamoalarning e’tibor markazida turibdi. London klubi bilan 6 oylik shartnomasi qolgan daniyalik futbolchini grandlar erkin agent maqomida xarid qilishga harakat qilishmoqda. Bunga «Shporlar»ning Kristian uchun 30 million yevro talab qilayotgani sabab bo‘lmoqda. 

Ayni damda Parijning PSJ klubi yozda erkin agentga aylanuvchi futbolchi uchun yiliga 12 million yevro maosh belgilangan 5 yillik shartnomani rasman taklif qildi. Shuningdek, 27 yoshli futbolchi uchun Milanning «Inter» klubi ham 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Maoshi ko‘rsatilmagan bo‘lsada, Milan klubi rahbarlari Eriksenga asosiy tarkibdagi joyni kafolatlanganini ma’lum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eriksen uchun «Manchester Yunayted» jamoasi ham da’vogar bo‘layotgan edi.

Lempard «Lion» hujumchisi bilan qiziqib qoldi

Londoning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard qishki transferlar chog‘ida hujumchi harid qilish fikridan qaytgani yo‘q. Ayni damda «aristokratlar» nishonida Fransiyaning «Lion» klubi hujumchisi Mussa Dembele turibdi. Murabbiyi Mussaning o‘yinlarida sobiq jamoadoshi Dide Drogbani ko‘rganday bo‘layotganini yashirib o‘tirmayapti.
«Chelsi» klubi hujumchi uchun 40 million yevrodan voz kechishga tayyor. Shunga qaramay, qarshi tomon mavsum o‘rtasida o‘z hujumchisini 60 milliondan kamiga sotmoqchi emasligini ma’lum qilgan. Agar tomonlar futbolchining transfer narxi borasida kelishuvga erisha olmasa, «Chelsi» Dembelega alternativ variyant qidirishni boshlab yuboradi.

Jiru shu kunlarda qaysi jamoaga o‘tishini hal qiladi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Oliviye Jiruning yangi jamoasi tez orada ma’lum bo‘ladi”- deb xabar bermoqda «Corriera Della Sport» nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, amaldagi Jahon championing yangi jamoasi «Yuventus», «Inter» va «Lion» klublaridan biri bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Futbolchining o‘zi yana bir bor Antonio Konte qo‘l ositda to‘p surishni istayotgan bo‘lsada, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Fransiyaga yo‘l olishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» jamoasi Oliviyenni qishki transfer oynasi ochilishi bilan sotib yuborishga harakatni boshlab yuborgan. Jamoa Yevropa Ligasining amaldagi chempionining o‘rnini yosh hujumchilardan biri bilan to‘ldirishni rejalshtirgan.

«Gerta» Germaniyada qishki transferlarga start berdi

Germaniyaning «Gerta» klubi 2020-yilning Germaniyadagi ilk xaridini amalga oshirdi. Klub «Shtutgarta» yarim himoyachisi Santyago Askasibarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ushbu transfer klub uchun 10 million yevroga tushdi va jamoa tarixidagi eng qimmat uchta transferlardan biriga aylandi. Santyago «Estudiantes» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2017-yilda «Shtutgarta» tomonidan 6 million yevro evaziga harid qilingan edi.

«Tottenhem» Eriksenning o‘rniga «Lester» futbolchisini xarid qilmoqchi

Londonning «Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen tez orada jamoani tark etishidan xabaringiz bor. Ayni damda «shporlar» yarim himoyachini o‘rnini bosa oladigan futbolchi izlash bilan band. Hozirda klub shortlistida «Lester» klubi yarim himoyachisi Jeyms Meddison birinchi o‘rinda turibdi. Klub yarim himoyachi uchun 60 million yevrodan voz kechishga tayyor va Jeyms uchun «Lester»dagi maoshidan kattaroq bo‘lgan maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma taklif qilishni rejalshtirmoqda. Angliyalik futbolchining «tulkilar» bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, «Lester» Medisonni «Norvich»dan 2018 yilda 25 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Shu kunga qadar, qahramoniz 60 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek uning hisobida 10 ta assist ham mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:22, 02.01.2020.
O'qildi: 11435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.