Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bilasiz, 8 yanvardan Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini 16 dekabr – 1 yanvar oralig‘ida BAAda olib borgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz bugun Tailandga yetib kelishdi.

Terma jamoamiz ertaga Bangkokda musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Unda olimpiyachilarimizga Qatar olimpiya termasi raqiblik qiladi.  Uchrashuv “SCG Stadium” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Bugun erta tongda Bangkokka yetib kelgan terma jamoamiz tushdan so‘ng mazkur stadionning zaxira maydonida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, Qatar bilan o‘yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:43, 02.01.2020.
O'qildi: 2867 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик