Angliyaning "Lester" klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers qishki transfer bozorida o‘z yetakchilari bilan xayrlashish niyatida emasligini aytib o‘tdi.
— Agar bir xohlamasak, qishda hech kim jamoani tark etmaydi. Tarqatilayotgan mish-mishlar haqiqatga yaqin emas, u futbolchilarimizni qo‘yib yuborish niyatimiz yo‘q.Agar keyingi yili Yevrokuboklarda o‘ynashni maqsad qilgan bo‘lsak, u holda jamoamizdagi hech qaysi futbolchi hech qayerga ketmaydi, —Rodjersning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.