Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

La liga. «Real» mahorat evaziga g‘alaba qozondi

La liga. «Real» mahorat evaziga g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Odatda "Real" uchun qishki ta’tildan keyingi birinchi o‘yin qiyin bo‘lib kelgan. Jamoa so‘nggi beshta mavsumning 4tasida yangi yilni g‘alaba bilan boshlay olmagan. Zidan jamoasi bugun bo‘lib o‘tgan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda yorqin o‘yin namoyish qila olmadi. Shunga qaramay, "Qirollik klubi" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tibo Kurtua birinchi bo‘limda 3 marta ajoyib seyv namoyish qilib, o‘z jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. "Madrid" joniga esa "standart"lar ora kirdi. 34-daqiqada Mendi qanotdan yetkazilgan uzatmaga Varan sakradi, darvozabon esa muvafaqiyatli chiqa olmadi. Natijada to‘p "Real" himoyasining boshi va posbonning qo‘llari aralash to‘rga borib tushdi. Gol David Soriya avtogol sifatida yozildi.

Ikkinchi bo‘limda esa Varan baribir gol urdi. Kroos tomonidan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi. Videoyordamchi hakam ushbu vaziyatni uzoq tahlil qilib, yakunda golni inobatga oldi.

Mazkur gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Madridliklar qolgan daqiqalarda ishonchli himoyalanishdi. Boz ustiga, o‘yin qo‘shib berilgan 6 daqiqaning so‘nggisida mehmonlar qarshi hujumga chiqib ketishdi va Valverdening uzatmasidan keyin Modrich bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Real" 2020 yilni g‘alaba bilan boshlab, o‘z ochkolarini 40taga yetkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 19-tur
Xetafe – Real Madrid 0:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 34, avtogol Soriya, 0:2 – 53 Varan, 0:3 – 90+6 Modrich.
Xetafe – Soriya, Kukurelya, Djene, Kabrera, Nyom (Ndiaye, 81), Arambarri, Maksimovich, Fajr (Molina, 60), Suares, Anxel Rodriges, Mata (Portilyo, 80).
Real Madrid – Kurtua, Militao, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos (Valverde, 71), Isko (Vinisius Junior, 71), Modrich, Beyl, Benzema (Yovich, 81).
Ogohlantirishlar: Nyom (34), Suares (39), Yovich (82), Portilyo (90), Mendi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:54, 04.01.2020.
O'qildi: 5562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.