Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Islom Kenjaboyev: «Olimpiya terma jamoamizdagi yigitlarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli»

Islom Kenjaboyev: «Olimpiya terma jamoamizdagi yigitlarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli»

Baho:
+ | -

8 yanvardan butun Osiyo futbol jamoatchiligi e’tibori Tailand yashil maydonlarida o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga qaratiladi.

Musobaqada Tokio-2020 olimpiadasi yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yetib keldi. Terma jamoamiz a’zosi Islom Kenjaboyev Osiyo chempionati oldidan O‘FA rasmiy saytiga o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi:

"Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Barchasi yuqori darajada tashkillashtirildi. O‘rtoqlik o‘yinlari ham yetarlicha o‘tkazildi, deb o‘ylayman.


Asosiysi – jamoamizdagi yigitlarda ishtiyoq kuchli va barcha faqat chempion bo‘lish haqida o‘ylayapti. Yigitlar shijoatga to‘la. Bu yerga nima uchun kelganimizni hamda zimmamizda qanday mas’uliyat turganini yaxshi anglab turibmiz. Birinchi galda yurtimizdagi ko‘p sonli muxlislarni g‘alabalar bilan xursand qilishga urinamiz.

To‘g‘ri, balkim juda kuchli va qiyin guruhdan o‘rin olgandirmiz. Lekin biz bundan aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. Nasib etsa, musobaqa davomida ishonchli va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Men o‘zim ham qo‘ldan kelgancha terma jamoamizga foyda keltirishga urinaman. Hudo xohlasa, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytamiz", — dedi iste’dodli futbolchi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:29, 05.01.2020.
O'qildi: 5300 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик