Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizga oid eng so‘nggi yangiliklarni birinchilardan bo‘lib taqdim etishda davom etamiz.

Rossiyalik futbolchi Katoloniya klubi radariga tushib qoldi

 

Moskvaning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Fedor Smolov qishki transfer oynasi yopilgniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Ayni damda uning hizmatlari bilan Katoliniyaning «Espanyol» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Rossiyalik hujumchidan tashqari, Katoloniya klubi “Benfika” forvordi Raul de Tomasni ham e’tibordan qochirmayapti."Diario del Granda" nashri bergan xabrlarga qaraganda, ispanalar ushbu hujumchilardan birni harid qilish borasida ilk muzokaralarni o‘tkazish tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Benfika” o‘z hujumchisi borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Agar, De Tomasning agenti “Espanyol» rahbarlari bilan kelishuvga erishsa, “burgutlar” hujumchini sotib yuborishga qarshi emas. Bunday xolda Smolovning Yevropa klublariga o‘tishi borasidagi ma’lumotlar yana o‘z tasdiqini topmay qoladi. Shu kunga qadar Smolov va xorij klublari o‘rtasida 4 bor aloqa o‘rnatilgan bo‘lishga qaramay, birorta transfer amalga oshmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Fedor Smolov 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek uning hisobida 4 ta golli uzatma ham mavjud.

Dembele uchun xaridorlar ko‘paymoqda

 

Katoloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Usman Dembele tez orada jamoani tark etishidan xabaringiz bor. Bugungi kunga kelib amaldagi Jahon chempioni uchun da’vogarlar soni ortgandan ortib bormoqda. “Barselona” Dembeleni olib qolishdan hech qanday naf yo‘q ekanligni tushunib yetdi va uni tranfserga qo‘ydi.

Avvaliga futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi da’vogarlik qilayotgan edi. Endilikda da’vogar soni bir nechtaga ko‘paydi. Katoloniya klubi so‘nggi 3 kun davomida “Liverpul”, “Bavariya”, “Yuventus” va PSJ jamoalaridan ham takliflar qabul qildi. Fransiyalik hujumchiga bo‘lga e’tiborning baland ekanligi bois, Katoloniya klubi Usmanni 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Usman Dembelening o‘zi kelajagi borasidagi ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortmoqda.

 

Adama Trarore hammaga kerak

 

“Vulvurhempton” jamoasidagi ishonchli o‘yinlari orqali ko‘plan grandlarning “oromini og‘irlargan” qanot yarim himoyachisi “bo‘rilar” safida uzoq qolmaydigan ko‘rinadi.

 

Ayni damda uning hizmatlari bilan “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Barselona” jamoalari jiddiy qizib qolgan. “90 min” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda “Vulvurhempton” o‘z vingerini 70 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. APLning ikki grand jamoasi futbolchi uchun kurashga kirishgan bo‘lsada, imkoniyat “Barselona”da biroz yaxshiroq. Sababi, Adama Katoloniyaklubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Qahramonimioz “Barselona”ning turli yoshdagi jamoalarida 10 yil davomida to‘p surgan bo‘lib, yana Katoloniyaga qaytishni avzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Adama Traore Ispaniya fuqoroligini olgan va istalgan daqiqada terma jamoadan taklif olishi mumkin.

“Yuventus” Ikardini qo‘lga kiritmoqchi

“Turinning “Yuventus” jamoasi rahbariyati Gonzalo Iguainning o‘yinlaridan qoniqish xosil qilmayapti va uning o‘rnini Mauo Ikardi bilan to‘ldirmoqchi”,-deb xabar tarqatmoqda “Calciomercato"” nashri.

 

Argentinalik futbolchi ijara asosida PSJ jamoasida to‘p surmoqda. Quvonarlisi shundaki, Mauro Parij klubi safida o‘z kariyerasini qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Deyarli har bir uchrashuvda gol kiritishni uddalayotgan hujumchiga PSJ allaqachon shartnoma taklif qilgani haqida xabar bergan edi. Bu borada “Inter” jamoasi o‘z pozitsiyasini ma’lum qilganicha yo‘q.

Turin klubi mutasaddilari futbolchining agenti Vanda Nara bilan qo‘ng‘iroq orqali muzokalar o‘tkazish borasida kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar mavjud

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra “Inter” o‘z hujumchisini ortga qaytarish o‘rniga uni qimmatroq narxga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Agarda, Parijni Kavani tark etsa, Parij klubi Ikardini ushlab qolish uchun har qancha summa to‘lashga ham rozi bo‘lishin sezib turgan “Inter” PSJning barcha takliflarini rad etmoqda. Ayni damda Ikardining kelajagi kattagina so‘roq ostida qolmoqda. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Turin klubi hujumchi uchun 50 million yevro taklif qilgan, biroq “Inter” o‘zining asosiy raqibini kuchayib ketmasligi uchun bu taklifdan voz kechgan edi.

 

Yana bir ukrainalik futbolchi APLda paydo bo‘lishi mumkin

Ukrainaning eng iqtidorli futbolchilari haqida ma’lumot bergan maqolamizda eslab o‘tganimiz Nikolay Matviyenko bir nechta Yevropa grandlarining short listidan joy egallagan deb xabar tarqatmoqda”- "The Athletic" nashri.

Ayni damda yosh va iqtdorli futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida “Manchester Siti” ko‘rsatilmoqda. “Manchester Siti” murabbiylar shtabi futbolchini YCHLning guruh bosqichidagi o‘yinidayoq xarid qilishni rejalashtirishgan bo‘lib, o‘sha uchrashuvda “konchilar” Matviyenkoning fantastik o‘yini evaziga “Ettihad”dan durang bilan ortga qaytishgan edi. Taniqli transfermarket portal Nikolayni 3 million yevroga baholagan bo‘lsada, uning bozordagi narxi 10 million yevrodan kam mas.

Eslatib o‘tamiz, Motiviyeko “Manchester Siti”dagi boshq abir ukrailaik futbolchi Aleksander Zinchenko bilan birgalikda “Shaxtyor” akademiyasini tamomlagan va Ukarinaning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda birga to‘p surgan. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:06, 06.01.2020.
O'qildi: 9781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.