Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Ortda qolgan yilning eng yaxshi 5 ta transferi

Ortda qolgan yilning eng yaxshi 5 ta transferi

Baho:
+ | -

 

Futbolda omadli transferni amalga oshirish ham katta mahorat talab etishidan xabaringiz bor. Futbolchilarning narxi tobora ko‘tarilib borayotganini inobatga olsak, ularni tanlayotganda adashmaslik juda muhim. Bugun ortda qolgan yil davomida o‘zlarini ko‘rsata olgan va yilning eng yaxshi transferlari qatoridan joy egallagan 5 ta futbolchi haqida so‘z boradi.

Romeu Lukaku “Manchester Yunayted”dan “Interga” (65 million yevro)

Bundan ikki yil ilgari Lukaku 75 million funt sterling evaziga “Manchester Yunayted” tomonidan xarid qilinganda, uning jamoadagi kelajagi borasida hech kim shubxa qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Shunday bo‘lsada, barchasi kutilmagan tomonga qarab keta boshladi. Mourinyo davrida o‘yinida pasayish kuzatilgan hujumchi Sulsher davrida o‘zini biroz tiklab oldi, biroq klub uning o‘yinlaridan qoniqmayotganini yashirib o‘tirmadi. “Inter”dan taklif tushishi bilan belgiyalik futbolchini sotib yuborgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bir qarashda, “Manchester Yunayted” Lukakuning transferidan zarar ko‘rgani yo‘q, biroq “Inter”ham uni xarid qilganiga afsuslanmayapti. Ayni damda hujumchi Martines bilan birgalikda daxshatli tandem xosil qilgan va Konte qo‘l ostida chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Frenki De Yong “Ayaks”dan “Barselonaga (75 million yevro)

Katoloniya klubining yarim himoyasidan joy olish klub akademiyasida katta bo‘lmagan futbolchilar uchun juda mashaqqatli ish. Boz ustiga, chetdan kelgan futbolchilarning aksariyati markazda ishonchli o‘yin ko‘rsata olmaganiga tarix guvoh bo‘lib kelmoqda. “Barselona” o‘yin falsafasida markazdagi futbolchilarning tutgan o‘rni beqiyos bo‘lgani bois, ushbu ampluadagi futbolchilardan katta mahorat talab etiladi. Gollandiyalik yosh futbolchi bu borada klubning barcha talablarini muvaffaqiyatli bajarishni uddasidan chiqqanini alohida qayd etib o‘tish lozim. O‘tgan mavsumda o‘zini har taraflama ko‘rsatgan futbolchi jamoa tanlashda adashmadi. “Barsa” ham uning uchun 75 million yevroni ayamadi va ajoyib futbolchini qo‘lga kiritdi. 22 yoshli futbolchi maydonda tez fikrlashi va aniq uzatmalari orqali tezda muxlislari uchun “o‘zimizniki” maqomini qo‘lga kiritdi.

Rodri “Atletiko Madrid”dan “Manchester Siti”ga (70 million yevro)

Bu mavsum ispaniyalik tayanch yarim himoyachisi uchun endigina 3 bo‘lishiga qaramay, Rodri chinakam yulduz rdarajasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. “Atletiko” safida atigi bir mavsum harakat qilganiga qaramay, o‘zini ko‘rsatish uchun bu kifoya qildi. Uning transferini shaxsan Pep Gvardiola rahbariyatdan talab qilganidan xabaringiz bor. Ikkinchi Buskets bo‘lishi bashorat qilingan yarim himoyachi o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlashda davom etmoqda. Ayni damda “shaxarliklar”ning ishlari yurishmayotgan bo‘lsada, Rodriga hech kim tanqid qilmayapti. Futbolchi maydonda o‘zi uchun yuklatilgan vazifani ortig‘I bilan professional tarzda uddalamoqda.

Vissam Ben Yeder “Sevilya”dan “Monakoga (40 million yevro)

Bu transferning o‘ziga hosligi shundaki, Ben Yeder kuchli jamoani tashlab, Fransiyada botqoqa botib qolgan “Monako” tarkibiga kelib qo‘shilishdan cho‘chimadi. Markaziy hujumchi Andalusiya klubi safidagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, kuchliroq jamoa safiga o‘tishi tahmin qilingan edi, biroq barchasi o‘zgacha ko‘rinish oldi. O‘z yuritga qaytishni avzal ko‘rgan Ben Yeder stabillik yetishmayotgan “Monako” libosini kiydi va o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkaza boshladi. Ayni damda uning jamoasi musobaqa jadvalining quyi pog‘onalaridan borayotgan bo‘lsada, hujumchi to‘puararlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Mbappe va Neymar Ikardi singari ijrochilarga ega chempionatda bu ishni uddalash qanchalar qiyin ekanligini tasavvur qilish emas. Bir qarashda, bu transferdan nafaqat “Monako”, balki futbolchining o‘zi ham katta naf ko‘rgani aniq.

Mauro Ikardi “Inter”dan PSJga sotib olish sharti bilan ijara asosida tashrif buyurdi

Ikardining “Inter”dagi so‘nggi mavsumi shu qadar omadsiz chiqdiki, xatto ba’zilar uning kariyerasini tez orada yakunlashini kuta boshlashdi. Butun Italiya bilan janjallashib qolgan Ikardi va uning turmush o‘rtog‘i Vanda Nara transfer oynasining so‘nggi kunidagina Parij klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Bir qarashda zahira futbolchisi bo‘lishi tahmin qilingan o‘yinchi tezda Kavanini zahiraga mixlab qo‘ydi va Tomas Tuxelning orzusidagi hujumchiga aylandi. YECHL va “Liga 1” o‘yinlarining deyarli barchasi gol kiritishni uddalayotgan hujumchining kelajagi katta so‘roq ostida turgan bo‘lsada, PSJ ijaraga super yulduzni olishdan juda katta naf ko‘rgani aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:23, 08.01.2020.
O'qildi: 12842 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.