Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ispaniya superkubogi. Dramatik o‘yinda «Atletiko» «Barsa»ni mag‘lub etdi

Ispaniya superkubogi. Dramatik o‘yinda «Atletiko» «Barsa»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya superkubogining ikkinchi finalchisi aniq bo‘ldi. Qizg‘in kurashlar ostida kechgan o‘yinda «Atletiko» klubi «Barselona»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Birinchi bo‘limda jamoalar nisbatan ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishgan bo‘lsa-da, "ko‘k-anorranglilar" ko‘proq xavfli vaziyat yaratishdi. Messining zarbasini madridliklar posboni mahorat bilan qaytargan bo‘lsa, Suaresning zarbasidan keyin to‘p Savichning boshiga tegib, maydonni tark etdi. Antuan Grizmann esa sobiq jamoadoshlarini birinchi vaziyatda kechirdi. Yakkama-yakka vaziyatda u Oblakni dog‘da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo‘limning ilk hujumidayoq Simeone shogirdlari hisobni ochishdi. Feliks-Korrea-Koke kombinasiyasi samarali yakunlandi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Messi hisobni tenglashtirdi. U raqib jarima maydoni chizig‘i oldida 2 futbolchini aldab o‘tib, o‘ng oyog‘i bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib argentinalik futbolchi chiroyli xatti-harakat orqali jamoasini oldinga olib chiqqan edi, ammo VAR vaziyatni ko‘rib chiqib, golni bekor qildi: sakrayotgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirish chog‘ida to‘p futbolchining qo‘li va yelkasi tutashgan joyga tekkan edi.

62-daqiqada esa kataloniyaliklar baribir oldinga o‘tib olishdi. Albaning ajoyib uzatmasiga Suares yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Oblak zarbani qaytardi, ammo havoga ko‘tarilgan to‘pni Grizmann bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

74-daqiqada esa "Barsa" uchinchi golni ham urishga erishdi, ammo Suares tomon hal qiluvchi uzatmani bergan Vidal bir necha santimetr ofsaydda qolgan ekan — buni VAR aniqladi.

O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida esa "Barselona" mudofaa chizig‘i raqibning ikkita xavfli hujumini o‘tkazib yubordi. 80-daqiqada Neto Vitoloni yiqitgani uchun penalti belgilandi va uni Morata aniq amalga oshirdi.

Anxel Korrea esa birga-bir vaziyatda Netoni dog‘da qoldira oldi.

"Barselona" hisobga olinmagan ikkita gol va o‘yin so‘ngida himoyadagi xatolari tufayli imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, sovrin uchun kurashda "el-klasiko" emas, Madrid derbisiga guvoh bo‘lamiz. Superkubok finali 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, sovrin uchun kurashda "el-klasiko" emas, Madrid derbisiga guvoh bo‘lamiz.

Ispaniya superkubogi, yarim final
Barselona – Atletiko 2:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 46 Koke, 1:1 – 51 Messi, 2:1 – 62 Grizmann, 2:2 – 81, penalti Morata, 2:3 – 86 Korrea.
Barselona – Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serdji Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.
Atletiko – Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Trippyer, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lyorente, 72), Korrea, Tomas, Joau Feliks, Morata.
Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lyorente (72), Vidal (77), Neto (80).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:54, 10.01.2020.
O'qildi: 11583 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.