Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Toma Lemar yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin.
24 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Lemarga «Chelsi» va «Tottenxem» klublaridan tashqari, Rossiyaning bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda. Lekin bu klubning nomlari oshkor qilinmayapti













