Markus Reshfordning doimiy asosda «Barselona»ga o‘tish ehtimoli tobora pasayib bormoqda. «Ko‘k-anorranglilar» ingliz futbolchisini «Manchester Yunayted»dan so‘ralayotgan 30 million yevro evaziga sotib olishni istamayapti.
Jurnalist Santi Ovallening ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» sport direktori Deku Reshfordni uning yuqori maoshi bilan olib qolgandan ko‘ra, 60 million yevroga yangi vinger sotib olishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, manbaning qayd etishicha, jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tarkib chuqurligini ta’minlash uchun Markusni jamoada saqlab qolishdan mamnun bo‘lardi.
28 yoshli futbolchi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.













