Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

“Andijon” o‘rtoqlik uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi

“Andijon” o‘rtoqlik uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Yangiyer shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi bugun dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini Samardqandning “Sherdor” klubiga qarshi o‘tkazdi.
Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida Aleksandr Xomyakov tarkibdagi bir qator mahalliy yosh va yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi.

“Andijon”: Arslon Ahrorov, Usmonali Ismonaliyev, Rustam Abdulhamidov, Oybek Abdug‘afforov, Farhod Mirahmatov, Artur Mamatkazin, Doniyor Ismoilov, Muhammadaziz Ibrohimov, Valilillo Toshxo‘jayev, Farhod Bekmuratov, Artyom Litvyakov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Doniyor Abdumannopov, Robbimjon Hasanov, Siroj Meliyev, Muhammad Yuldashev, Mirzohid Mamatxonov, Islom Mamatkazin, Xushnud Avilov, Sardor Azimov, Asilbek Azizov, Qahramon Bahodirov, Davron Isoqov, Baxtiyor Qosimov, Abdulloh Olimov, Dilmurod Abduqahhorov.

Qiziqarli kechgan uchrashuv to‘laligicha “Andijon” jamoasi ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida jamoa mashg‘ulotlariga taklif etilgan moldaviyalik hujumchi Artyom Litvyakov ikki bora “Sherdor” darvozasini ishg‘ol etdi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Abdulloh Olimov ikki marta raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Endi Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” keyingi o‘rtoqlik uchrashuvini 15 yanvar kuni Yangiyer shahrida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 16:14, 11.01.2020.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик