Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Leven Kurzava Italiyadan tushgan taklifga rad javob berdi.
L'Équipe nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 27 yoshli fransiyalik himoyachi o‘z faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirmoqchi va shu sababli, APLdan taklif kutmoqda.
Aytilishicha, «Inter» Kurzavaga moliyaviy tomondan baquvvat bo‘lgan taklif bildirgan, lekin shundan bo‘lishiga qaramay, himoyachi Italiyaga borishdan bosh tortdi.