Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Dilshod Saitov: «Bizni duo qilib turing»

Dilshod Saitov: «Bizni duo qilib turing»

Baho:
+ | -

Ayni damda OTJ safida Tailandda bo‘lib turgan «Nasaf» jamoasi futbolchisi Dilshod Saidov bilan kichik suhbat uyushtirdik.

— Guruhimizdagi vaziyatga qanday baho berasiz?
— Ochig‘i, imkoniyatlarimiz yaxshi deb hisoblayman. Janubiy Koreyani hurmat qilamiz, biroq sira qo‘rqmayapmiz.

— Jamoaning mashg‘ulotlar tartibi qanday?
— Hammasi reja bo‘yicha ketmoqda. Har kuni ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazamiz. Asosiy maqsadimiz jismoniy holat borasida musobaqada eng kuchli jamoa bo‘lish. Bundan tashqari, barcha futbolchilar o‘zi ustida tinmay ishlamoqda.

— Ayni damda olimpiya jamoamizning yetakchisi kim?
— Bizda birinchi o‘rinda jamoaviy o‘yin turadi. Bundan tashqari, barchamiz o‘z klublarimizda lider futbolchilarmiz. O‘z yetakchilik qobiliyatlarimizni jamoaviy o‘yinni shakillantirishga qaratganmiz desam, adashmagan bo‘laman.

— OTJning musobaqadagi asosiy maqsadi nima?
— Albatta, chempionlik.

— Janubiy Koreya bilan musobaqa oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok edinglar. Xo‘sh, bu kimning foydasiga ishlaydi?
— Menimcha buning yaxshi tomonlari biroz ko‘proq. Ikkala jamoa ham bir-birini yaxshi o‘rganib chiqqan. O‘yin davomida ular ham xuddi biz kabi ehtiyotkor futbol namoyish etadi.

— Zaxirada qolayotgan yigitlarning kayfiyati tushib ketmaydimi?
— Aslo yo‘q. Biz zaxira o‘rindig‘ida bo‘lsakda, jamoamizning boshqacharoq uslubga o‘tishni istaganda qo‘l kelishimiz mumkin. Murabbiy barchasini inobatga olib futbolchilarni jamlagan. Boz ustiga, OTJda raqobat juda kuchli. Barchasini murabbiy hal etadi va biz uning so‘zlarini doimmo hurmat qilamiz.

— Hayot-mamot uchrashuvi oldidan muxlislar va stadion.uz uquvchilariga tilaklaringiz bo‘lsa, marhamat.
— Birinchi navbatda, xalqimiz bizni duo qilishini va oxirigacha qo‘llab-quvvatlab turishini iltimos qilib qolaman. Ayni damda ularning bizga bo‘lgan ishonchi juda muhim. Ushbu musobaqada ularni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishga va’da beramiz. Shu o‘rinda stadion.uz ijodkorlariga ham omad tilab qolaman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:30, 13.01.2020.
O'qildi: 5123 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик