Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kike Setyen — kim o‘zi?

Kike Setyen — kim o‘zi?

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi bugun yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Kutilmaganda, Kike Setyen bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzolandi. Xo‘sh, kim o‘zi bu mutaxassis?

Futbolchi Setyen
U faoliyatini plyaj futbolida boshlagan. Uning katta futboldagi birinchi jamoasi "Rasing" bo‘lgan. Bu klub safida u 12 yil (1977-1985, 1992-1996) davomida markaziy himoyachi sifatida o‘ynagan va "el-maestro" laqabiga ega bo‘lgan. Orada esa "Atletiko"ga o‘tib, bu klub safida Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi tarkibida 3ta o‘yinda maydonga tushgan. Setyen "Logronyes" va "Levante" klublari ham o‘ynagan va futbolchilik faoliyatini 39 yoshda yakunlagan.

Murabbiy Setyen
61 yoshli mutaxassis 20 yillik murabbiylik tajribasiga ega. U o‘zini  "Barselona"ning afsonaviy murabbiyi Yoxan Kroyffning shogirdi deb hisoblaydi. U o‘z jamoalarida doimo uzatmalarga asoslangan futbolni targ‘ib kelgan. Shu bois ham "Barsa" uni o‘z safiga chorlagan bo‘lsa ne ajab.

Murabbiylik faoliyatida "Rasing" (2001-2002), "Polideportivo" (2003-2004), Ekvatorial Gvineya (2006-2007), "Logronyes" (2007-2008), "Lugo" (2009-2015), "Las-Palmas" (2015-2017), "Betis" (2017-2019) klublarini boshqargan.

"Betis"ni qabul qilgan birinchi mavsumda La ligada 6-o‘rinni egallab, Yevropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Jamoa musobaqaning 1/16 final bosqichida Fransiyaning "Renn" klubiga yutqazib, musobaqani tark etgan.

Andalusiyaliklar Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 10-o‘rinni olganidan so‘ng murabbiy "Betis"dan ketishga qaror qildi. Vaholanki, klub bilan uning yana bir yillik shartnomasi mavjud edi.

Bilasizmi?
Kike Setyen "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag‘lub etgan so‘nggi murabbiy bo‘lib turibdi. U 2018 yilning noyabr oyida "Betis" bilan kataloniyaliklar maydonida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda u "Atletiko"ni hamda "Real"ni "Bernabeu"da mag‘lub etdi (2:0).

Setyen "Barselona"da
Setyen jamoa bilan 2022 yilning iyun oyiga qadar bo‘lgan shartnomaga imzo chekdi. U dastlabki o‘yinni 19 yanvar, yakshanba kuni "Granada"ga qarshi o‘tkazadi. Kataloniyaliklar Ispaniya La ligasida peshqadam bo‘lib turishibdi. "Ko‘k-anorranglilar" Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Napoli" bilan to‘qnash kelishadi.

Ismi: Enrike "Kike" Setyen Solar
Fuqaroligi: Ispaniya
Tug‘ilgan kuni: 27.09.1958
O‘yinchilik faoliyati: "Rasing", "Atletiko", "Logronyes", "Levante", Ispaniya terma jamoasi
Murabbiylik faoliyati: "Rasing", "Polideportivo", Ekvatorial Gvineya terma jamoasi, "Logronyes", "Lugo", "Las-Palmas", "Betis", "Barselona"

Manba: uefa.com
Kiritildi: 06:01, 14.01.2020.
O'qildi: 14225 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик