Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 4-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 1-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rasman. Vitaliy Denisov «Rotor» bilan shartnoma imzoladi

Rasman. Vitaliy Denisov «Rotor» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov «Rotor» bilan shartnoma imzoladi. 32 yoshli futbolchi Birinchi divizion vakili safida 29-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi.

"Ulkan tarixga ega bo‘lgan jamoa safiga qo‘shilganimdan xursandman. Jamoada maqsadga erishish uchun intilish mavjud. Menda ham shunday ishtiyoq bor. Shaharda haqiqiy futbol atmosferasi hukmron. Shahardagi yangi stadion tufayli muxlislarning futbolga mehri baland. Jamoaga yordam berish uchun maydonda bor kuch bilan harakat qilishga va o‘zimni ko‘rsatishga tayyorman", - dedi Denisov «Rotor» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Hamyurtimiz Rossiya Premyer-ligasi doirasida 143ta o‘yinda maydonga tushgan. U «Lokomotiv» safida ikki marta Rossiya kubogi va bir marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Vitaliy O‘zbekiston terma jamoasi safida 72ta o‘yinda ishtirok etgan.

"Rotor" FNLning 25ta o‘yinidan keyin 52 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa dastlabki 2ta o‘rinni egallasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Premyer-liga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:48, 17.01.2020.
O'qildi: 4736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик