Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Paxtakor» Derdiyo‘qni bepul qo‘lga kiritdi

«Paxtakor» Derdiyo‘qni bepul qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -1

Shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyo‘q «Paxtakor»ning yangi futbolchisiga aylandi.

Shveysariya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan tajribali hujumchi Eren Derdiyo‘q "Paxtakor"ning navbatdagi transferiga aylandi. Futbolchi jamoa bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Derdiyo‘q faoliyatini Shveysariyaning "Old Boyz" jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o‘yinlari bilan o‘sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub "Bazel" e’tiborini jalb qilgan. Shundan so‘ng Germaniya bundesligasida "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari sharafini himoya qilgan.

2014 yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, "Qosimposho", "Galatasaroy" va "Go‘ztepe" jamoalarida to‘p tepdi. "Bazel" va "Galatasaroy" tarkibida Shveysariya va Turkiya chempioniga aylangan. Milliy terma jamoasi safida esa ko‘plab muvaffaqiyatli o‘yinlarda maydonga tushib, Yevropa va jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etib, muxlislar qalbidan joy olgan.

Umid qilamizki, Eren Derdiyo‘qning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli chiqadi va u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishimizda yordam beradi.

Eren Derdiyo‘q
Tug‘ilgan sanasi: 12.06.1988
Tug‘ilgan joyi: Bazel, Shveysariya
Bo‘yi: 191 sm
Ampluasi: hujumchi
Faoliyati:
2004–2006  Old Boyz  18 o‘yin, 10 gol
2006–2009  Bazel  63 o‘yin, 17 gol
2009–2012  Bayer   90 o‘yin, 25 gol
2012–2014  Xoffenxaym 19 o‘yin, 1 gol
2013–2014  Bayer  18 o‘yin, 1 gol
2014–2016  Qosimposho  40 o‘yin, 15 gol
2016–2019  Galatasaroy  63 o‘yin, 20 gol
2019  Go‘ztepe  5 o‘yin
Shveysariya terma jamoasida 60 uchrashuvda 11 gol urgan.

Yutuqlari: Shveysariya chempioni-2008, Shveysariya Kubogi sohibi-2008, Turkiya chempioni-2018, Turkiya Superkubogi sohibi-2016.
Shveysariyaning eng yaxshi yosh futbolchisi-2008.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:28, 17.01.2020.
O'qildi: 8762 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.