«Bunyodkor»ning Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi raqibi «Az Zavra» ertaga o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi.
Iroq jamoasining raqibi Pro liga vakili «Oq-tepa» bo‘ladi. Uchrashuv «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o‘tkaziladi. Bahs 14:00da boshlanadi.













