Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Sanjar Qodirqulov: “Bizda 3 kun bor”

Sanjar Qodirqulov: “Bizda 3 kun bor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Vatandoshlarimizning g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng, olimpiyachilarimiz yetakchisi Sanjar Qodirqulov bilan kichik intervyu uyushtirdik.

Sanjar tezkor gol bizga qanday ta’sir qildi deb hisoblaysiz?

“Nima bo‘lsa yaxshilikka” deganlaridek bugungi uchrashuvda tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz qo‘l keldi. Sababi, bizda vaziyatdan chiqib ketish uchun vaqt yetarlicha edi. Goldan so‘ng, yigitlar bor e’tiborini o‘yingga qaratishni boshlashdi. Hisobni tenglashtirgach, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortib ketdi. Menimcha, tezkor gol bizning yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz uchun turtki bo‘ldi.

Bugungi o‘yinda yigitlar uyushqoq harakat qilishdi. Drulovich o‘yindan oldin qanday ko‘rsatmalar berdi?

Birinchi navbatda, raqibni to‘liq o‘rganib chiqdik. Ularning qaysi futbolchisidan havf kutishdan tortib, jarimalarni qanday ijro etilishiga qadar. Ulardan kelib chiqib o‘yinga taktik sxema tanlandi. O‘ylashimcha, murabbiylarning to‘g‘ri ko‘rsatmasi evaziga bugun o‘yinimiz chiroyliroq chiqdi.

Saudiyaga qarshi ham 90 daqiqa yuqori tempda to‘p surishning iloji bormi?

Bizda tiklanish uchun 3 kun vaqt mavjud. Nasib qilsa, shu kunlar davomida yo‘qotilgan energiyaning o‘rnini to‘ldirishga ulguramiz. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda qanday tempda to‘p surishimizni esa, murabbiylar shtabi hal etadi. Bizning vazifamiz ularning ko‘rsatmalarini ortig‘i bilan bajarishdan iborat.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 19.01.2020.
O'qildi: 7319 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик