Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Konor g‘alabani kimga bag‘ishladi?

Konor g‘alabani kimga bag‘ishladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

19-yanvar tongida uzoq tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytgan Konor Makgregor Donald Serroneni 40 soniyada mag‘lub etganidan xabaringiz bor. Hozir Irlandiyalik jangchining g‘alabadan so‘ng bergan intervyusini e’tiboringizga taqdim etamiz.

Habibdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng sen uchun g‘alaba nimani anglatadi?

Ter to‘kib mehnat qilish o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Men bugun o‘zimni va jamoamning mehnatini yuzaga olib chiqqanimdan xursandman. O‘zim o‘rganib qolgan narsalarga qaytish juda yoqimli bo‘lyapti.

Yelkangdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldimi?

Yo‘q men bunday demagan bo‘lar edim. G‘alabadan mamnunman va buni yashirib o‘tirmoqchi emasman. O‘zim bilan faxrlanaman.

Ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonishning gashti qanday?

Og‘ayni sen meni jahlimni chiqaryabsan. Meni MMAda hech kim “do‘pposlamagan”. Hech qachon janglarda nakaut bilan mag‘lub bo‘lmaganman. Yengilgan janglarim ham bo‘lgan, biroq o‘sha to‘qnashuvlarda ham doimmo g‘alabaga juda yaqin bo‘lganman. Men barcha raqiblarimning yuraklariga qo‘rquv solganman.

Habib bilan jangdagi mag‘lubiyatchi?

Habib bilan jang boshqa mavzu. Men faqat bir marotaba o‘zim amalga oshirayotgan ishga sodiq bo‘lmaganman. Bu ham bo‘lsa, Habibga qarshi jang oldidan mashg‘ulotlar chog‘ida. Hozir bu haqida o‘ylab o‘tirishga xojat yo‘q. Ayni damda katta sahnaga qaytganimdan xursandman.

Jangning bunday start olishini kutganmiding?

Hammasi o‘z-o‘zidan bo‘lib ketdi. Men reja bo‘yicha uni birinchi raunddayoq yerga qulatishim kerak edi. Ochig‘i mendan bunday katta bosimni kutmagan ko‘rinadi. U shunchaki zarbalarimdan qalqib ketdi. U oyoq zarbasi bilan meni nakautga uchratmoqchi edi. Men uning qurolini o‘ziga qarshi qo‘lladim. Donald ajoyib jangchi. Uni mag‘lub etish oson emas. Men uni 40 sekundda “o‘yindan chiqarib yubordim”.

Jangni avvalroq tugatish kerakmidi?

To‘g‘risi, shu haqida ham o‘yladim. U muvozanatni yo‘qotgach, qo‘shimcha zarbalarga shu qadar berilib ketdimki jangni tugatishlari haqida o‘ylaganim ham yo‘q.  Shu payt murabbiyimning “jang tugamaguniga qadar urishdan to‘xtama”,- degan ko‘rsatmasini eshitib qoldim. Menimcha bu uzoq vaqt jang qilmaganim uchun sodir bo‘ldi.

Sening keyingi janging qachon bo‘lib o‘tadi?

Tez orada bo‘lsa, ajab emas. Sababi, bugungi jangda deyarli ortiqcha kuch sarf etganim yo‘q. Mushaklarim energiya bilan to‘la. Avvalroq aytganimdek bugun oilam bilan g‘alabani nishonlaymiz va yana mashg‘ulotlarga qaytaman. Kelasi hafta yangi raqibim kim bo‘lishi borasida muzokaralarni o‘tkazishni boshlaymiz.

Jang yozga qadar bo‘ladimi?

Katta ehtimol bilan yozga qadar yana bir bor oktagonga chiqaman. Bu deyarli hal etilgan masala.

Yarm o‘rta vazndami?

Bilmadim. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Jang istalgan vazn toifasida bo‘lishi mumkin.

Oktagonda hech kimni janggi chorlamading. Keyingi raqibing kim bo‘lishini istaysan?

Ular juda ko‘p. Mening asosiy vazifam o‘z ustimda ishlash. Bu borada qilishim kerak bo‘lgan mashg‘ulotlar juda ko‘p. Bu jang oldidan murabbiylar katta hajmdagi ishni amalga oshirishdi. Endilikda to‘liq tiklanib olishim kerak. Ayni damda katta yuklamalardan iborat mashg‘ulotlarga jismonan tayyorman. Bu sport formamni ushlab qolish va uni yanada takomillashtirish uchun ikki xissa ishlashga to‘g‘ri keladi. Men ko‘prog‘iga qodirman.

Tanqidchilarga fikrlaring bo‘lsa marhamat

Men yaxshisi sukut saqlayman. Bugun faqat yaxshi narsalar haqida bosh qotirgim kelyapti. Bugungi g‘alabamni mendan barcha yuz ogrib ketganida ham yonimda turganlar uchun bag‘ishlayman.

Manba: TRUG MMA
Kiritildi: 23:39, 19.01.2020.
O'qildi: 6391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.