Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Bobur Akmalov maqolasi: «Eng keraklisi va osoni qoldi!»

Bobur Akmalov maqolasi: «Eng keraklisi va osoni qoldi!»

Baho:
+1 | -1

Yigitlar, sizlarga tasanno, qoyil! Nafaqat hisob, balki o‘yin ham zo‘r bo‘ldi. Yashang!
 
O‘z o‘yiningizni o‘ynadingiz, istaganingizning ko‘pi amalga oshdi, imkoniyatingizni namoyish etdingiz, erkin, uchib-qo‘nib o‘ynadingiz. Mazza, a?

Endi asosiysi qoldi. Saudiya Arabistonini yengish oson emas (yo‘llanmaga ega chiqish uchun esa oson), lekin uddalasa bo‘ladigan vazifa. Ana shuni uddalash lozim. Saudlar BAAdan ozgina kuchliroq ko‘rinyapti, ammo, ishonamanki, siz va Drulovich g‘alaba qozonish reseptini topa olasizlar.

Narigi juftlik finalga mos juftlik – Janubiy Koreya - Avstraliya. Turnirdagi, ehtimol, eng kuchli jamoalar. Ana endi ayting-chi, saudlarni yutish osonmi yo ularni?

Saudiyani mag‘lub etsak yo‘llanma naqd. Finalda esa istalgan natija sizni malomatga qoldirmaydi. Yarim finalda mag‘lub bo‘lsangiz, to‘g‘ri, yana bir imkoniyat qoladi, biroq yo koreys, yo avstraliyaliklarga qarshi o‘ynaysiz. Tanlang, qay biri oson?!

Albatta, Saudiyani yengish osonroq. Ana shu osonini tanlang, yigitlar. Eng zo‘r yo‘li shu. Taqdir in’omi. Yo yarim finalni yutib, yo‘llanmani olasiz, yo mag‘lub bo‘lib, uchinchi o‘rin uchun o‘yindayam kurashasiz, aniq emas yo‘llanma bu holda.

Demak, saudlarni yengamiz. Kelishdik-a?

Nima bo‘lgandayam, biling, siz men uchun, yaqinlaringiz uchun qahramonsiz!

Bobur Akmalov.

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 01:29, 20.01.2020.
O'qildi: 6521 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик