Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Eron klublari OCHL-2020da ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin

Eron klublari OCHL-2020da ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin

Baho:
+ | -1

Osiyo futbol konfederasiyasi Eron jamoalarining uy o‘yinlarini neytral maydonga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Ushbu oyda bo‘lib o‘tgan voqealar (Eron-AQSH qarama-qarshiligi) tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qarorga kelindi.

Ushbu qaror Eron klublari va barcha yoshdagi terma jamoalarga tegishli.

OFKning bu qarorini muhokama qilish uchun Eron futbol federasiyasi hamda mamlakatning Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan 4 klubi — "Persepolis", "Sepohon", "Istiqlol" va "Shahr Xodro" rahbariyati yig‘ilishdi. Klublar, agar OFK o‘z qarorini o‘zgartirmasa, fors klublariga Eronda o‘yin o‘tkazishga ruxsat berilmasa, ular norozilik ramzi sifatida Chempionlar ligasini tark etish haqida qaror qabul qilishdi. Eron tomoni o‘z xulosasini OFKga yo‘lladi.

"Eron xalqi OFK qaroridan norozi bo‘ldi. Bu qaror mamlakatimiz uchun haqoratdan boshqa narsa emas. Uy o‘yinlarini o‘tkazish — bizning huquqimiz. Biz o‘z huquqimizni himoya qilamiz.

Bunday holatda klublarimiz OCHLda ishtirok etmaslikka qaror qilishdi. Eron futbol federasiyasi va Sport vazirligi ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Eron — xavfsiz mamlakat. Bizning chempionat esa eng ko‘p muxlis tashrif buyuradigan liga hisoblanadi. Shu bois, neytral maydonda o‘yin o‘tkazishga sabab yo‘q", — deya bayonot berdi Eron futbol federasiyasi prezidenti Haydar Bahorvand.

"Persepolis", "Sepohon" klublari OCHLni guruh bosqichidan boshlasa, "Istiqlol" va "Shahr Xodro" 21 yanvar kuni 2-saralash bosqichida ishtirok etishlari kerak edi. Ammo bu o‘yinlar 25 yanvarga ko‘chirilishi mumkin.

Umuman olganda, OFK ushbu murakkab vaziyatda qanday qabul qiladi, hozircha aniq emas. Agar Eron jamoalari OCHLdan chetlatilsa, guruhlar boshqacha ko‘rinishga ham kelishi mumkin.

OFKning yakuniy qarorini kutamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:12, 20.01.2020.
O'qildi: 13950 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.