Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Lyubinko Drulovich: “O‘zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz”

Lyubinko Drulovich: “O‘zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Saudiya Arabiston Olimpiya terma jamoalari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim finali doirasida o‘zaro bahs olib borishadi. Bugun mazkur bahs oldidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot-
anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin. Yarim finalga eng kuchli jamoalar yetib kelishgan. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Bu jamoada jismoniy va texnik jihatdan kuchli o‘yinchilar bor. Biz ularni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, bor e’tiborimizni mazkur o‘yinga qaratamiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– BAA bilan o‘yinda biz bir kun ko‘proq dam olgan edik. Bu gal aksincha. Bu natijaga ta’sir qilishi mumkinmi?
– O‘ylaymanki, biz o‘yinga tayyormiz. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis va shifokorlarimiz katta ish olib borishmoqda. Gapingiz to‘g‘ri, raqib bizdan bir kun ko‘proq dam oladi. Shifokorimiz menga barcha yigitlar o‘yinga shay bo‘lishini ta’kidladi.

– O‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu jamoaning o‘yindan o‘yinga o‘sayotgani va yaxshi sport formasiga chiqayotganini anglatadimi?
– Ha, haqiqatdan ham o‘yinimiz sekin-asta yaxshilanib bormoqda. Lekin ertangi o‘yin oson bo‘lmasligi aniq. Aytib o‘tganimdek, saudiyalik futbolchilar ancha kuchli. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, balki BAAdagidek 4-5 ta gol urmasmiz. Ammo yakunda maqsadimizga yeta olishimizga ishonaman.

– Asosiy tarkib o‘yinchilarini almashtirmay maydonga tushirish ertangi o‘yinda qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
– Bir jihatga urg‘u bermoqchiman: qaysi futbolchilar jismoniy jihatdan o‘yinga tayyor bo‘lsa, shularni tanlayman. Maydonga tushadigan yigitlar o‘yinga yaqin qolganda aniq bo‘ladi. Bugun futbolchilarning holatini ko‘zdan kechirib olamiz.

– Musobaqada g‘olib chiqish mushkul vazifa. Chempion unvonini himoya qilish qanchalik qiyin?
– Oldindagi o‘yinlar biz uchun qiyin va mas’uliyatli. Qo‘l ostimdagi yigitlar bilan finalga chiqishimizga ishonaman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hozirda O‘zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz. Mazkur o‘yinda g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz.

– Yaqinda Milliy terma jamoamiz aynan Saudiya Arabistoni bilan o‘ynab, alamili mag‘lubiyatga uchragan edi. Ertaga o‘sha xatolarni takrorlab qo‘ymaymizmi?
– Futbolchilarimiz maydonda bor kuchini namoyish etsa, har qanday raqibni mag‘lub etish mumkin. Ertanggi o‘yin umuman boshqa. Unda
biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:14, 21.01.2020.
O'qildi: 8234 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.