Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan birinchilardan bo‘lib tanishtirishda davom etamiz.

“Barselona” hujumchi izlashda davom etmoqda

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Luis Suaresning o‘rnini bosishga qodir hujumchi izlashda davom etmoqda.

Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub “Milan” hujumchisi Kshishtof Pentek variant ustida bosh qotirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” polshalik hujumchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kshishtof ushbu mavsumdagi “A seriya” o‘yinlarining 14 tasida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozib qo‘ydi.

“Lester” “Fenerbahche” futbolchisiga qiziqmoqda

Angiliyaning “Lester” jamoasi qishki transferlar chog‘ida u qadar qimmat bo‘lmagan tajribali hujumchi harid qilmoqchi ekanligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Ayni damda “tulkilar”ning nishonida Turkiyaning “Fenerbahche” klubi hujumchisi Mars Kruze turibdi. 31 yoshli hujumchini APL jamoasi yanvar oyining o‘zidayoq rasmiylashtirishni istamoqda. Shuningdek, hujumchini “Betis” va “Bayer” jamoalari ham o‘z safida ko‘rish istagi borligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi davom etayotgan mavsum davomida 13 bor maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta assist mavjud.

Tayson ketmoqchi

Ukrainaning “Shaxtyor” jamaosi yetakchisi Tayson o‘z faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Bu haqida “Revista Kolorado” nashri ma’lum qilmoqda. 32 yoshli futbolchini bir yo‘la bir nechta jamoalar o‘z safida ko‘rish niyati bor ekanligini ma’lum qilgan.

Ular orasida MLS, Ispaniya, Rossiya, Qatar, Saudiya Arabistoni klublari mavjud. Umuman olganda, yarim himoyachining o‘zi tezroq “konchilar” safini tark etishni istamoqda. Ayni damda klub va uning agenti o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Ukraina klubi nima qilib bo‘lsada, braziliyalik futbolchini jamoada olib qolishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tayson bu mavsum ancha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. UPLning 13 ta o‘yinida maydonganga tushgan yarim himoyachi 7 bor raqib darvozasini aniq nishonga olgan. Shunindek, 9 ta golga hammualliflik qilgan.


“Tottenhem”dan ajoyib yurish

Londonning “Tottenhem” klubi qishki transferlar chog‘ida jarohat olgan Xarri Keynning o‘rnini tshldirish uchun futbolchi sotib olmoqchi ekanligi haqida avvalroq ma’lum qilgan edik.

“Don Balon” nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “shporlar”ning transfer nishonida “Real Madrid”dan qo‘nim topmagan Luka Yovich turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Tottenhem” ustozi Joze Mourinyo allaqachon Madrid jamoasi rahbarlari bilan telefon orqali transfer borasida fikr almashishga ulgurgan.

“Qirollik klubi” Yovichni ijarga berish ehtimoli juda katta. Sababi, 22 yoshli serb o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Bu esa, o‘z navbatida uning transfer qiymati tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:38, 21.01.2020.
O'qildi: 12770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.