SSKA va "Milan" jamoalarining sobiq yarimhimoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Janubiy Amerikada davom ettirishi mumkin.
O‘tgan mavsum Braziliya chempionatida 15-o‘rinni egallagan "Botafogo" jamoasi 33 yoshli yaponiyalik futbolchiga qiziqib qoldi.
Ma’lumot uchun, Xondaning so‘nggi jamoasi Gollandiyaning "Vitess" klubi bo‘lib, futbolchi u yerda ikki oydan kam vaqtni o‘tkazdi.