Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Zinchenko dunyoning eng kuchli 5 nafar futbolchisi kim ekanligini aytdi

Zinchenko dunyoning eng kuchli 5 nafar futbolchisi kim ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi futbolchisini Aleksandr Zinchenko yaqindagina Ukrainaning Sports.ua nashri uchun katta intervyu berib o‘tdi. Qahramonimiz ushbu intervyuda dunyoning eng kuchli besh nafar futbolchisi kim ekanligini ma’lum qildi va ularga qisqacha tarif berib o‘tdi.

Killian Mbappe

Uning yosh bo‘lishiga qaramay ko‘rsatayotgan  o‘yinlariga hayron qolmaslikning iloji yo‘q. U endi 21 yoshda. Agar, “Real Madrid” yoki “Barselona”dan biriga o‘tadigan bo‘lsa, undagi keskin o‘sish bundanda jadallaroq davom etishi hech gap emas.

Krishtianu Ronaldu

Uning qanchalar yaxshi ekanligini ta’riflashga so‘z ojiz. Har qanday muxlis uchun u ijrosidagi o‘yinlarni stadiondan tomosha qilish juda katta sharaf. Shaxsan men uchun ham Ronladu chinakam na’munali futbolchi. Uni dunyodagi barcha sportchilar hurmat qilishlari kerak. Ronaldu shunga loyiq inson va futbolchi.

Ronaldinyo

Aynan Ronaldinyoning o‘yinlari tufayli men ilk bor ko‘chaga to‘p tepish uchun otilib chiqqanman. U singari charm to‘p afsungarlari boshqa maydonda paydo bo‘lmaydi. U to‘p bilan ko‘rsatgan mo‘’jizalarini boshqa hech kim qaytara olmasligi aniq. Endiliklda u singari texnik qobiliyat egasini yana uchratishning iloji yo‘q.

Lionel Messi

Messi haqida soatlab so‘zlash mumkin. U barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi. Men uchun Kroyf va Maradona ham Messidan keyingi o‘rindan joy olishgan. U maydonda hamma narsaga qodir. Uni chinakam gol mashinasiga qiyoslash mumkin. U qadar katta bo‘lmagan jussa egasi bo‘lsada, tezlik evaziga futbol tarixida muhim joy olishga muvaffaq bo‘lganini alohida e’tirof etish lozim. Messi o‘yin chog‘ida o‘zini juda erkin tutuvchi rassomga o‘xshaydi.  Shu sababli Messi kiritgan gollar chinakam san’at asariga aylanib ketadi.

Andrey Shevchenko

Bizda u futbol qiroli. Mustaqil Ukraina futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchini yoqtirmaydigan birorta ukrainalik bolakay bo‘lmasa kerak. Sheva buyuk futbolchi va yaxshi inson. Bundan tashqari, undagi murabbiylik mahoratini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Bilasizmi, Shevchenkoning futbolga o‘z qarashlari va o‘lchovlari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda u futbol professori!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:10, 25.01.2020.
O'qildi: 12714 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.