Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin

 

Parijning PSJ klub darvozaboni Alfons Areola faoliyatini tumanli albionda davom ettirishi mumkin. “The Mirror” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, darvozabonning hizmatlari bilan Londonning “Tottenhem” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda ijara asosida “Real Madrid” sharafini himoya qilayotgan darvozabonning Madridda ham Parijda ham qolishi dargumon. Shu sababli, “shporlar” uni arzon narxda qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Ayni damda “Tottenhem”ning asosiy darvozaboni Ugo Lyoris jarohat olgani bois, klub ikkinchi darvozabonning hizmatlaridan foydalanmoqda.

“Leypsig” himoyachi izlamoqda

 

Germaniya Bundesligasida peshqadamlik qilayotgan “RB Leypsig” jamoasi Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Andreas Kristiyensenning transfer huquqini sotib olmoqchi.

Avvalroq Bundesliga havosidan nafas olgan himoyachi uchun “buqalar” 20 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, ayni damda ushbu transfer borasida muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, daniyalik himoyachi ushbu mavsumda 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi va birorta golli uzatma berganicha yo‘q.

London klubi chex futbolchisini sotib olmoqchi

Londonning “Vest Hem” klubi Praga shaxrining “Slaviya” klubi sardori Tomash Souchekni tarkibga qo‘shib olishi mumkin.

Bu haqida “Football London” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning xabar berishicha, yarim himoyachi borasidagi muzokarlarning ikkinchi qismi davom etmoqda va u katta ehtimol bilan ijobiy yakun topadi.

Ayni damda ikki klub futbolchining transfer qiymati borasida kelisha olmayapti. Pragaliklar Tomash uchun 25 million yevro talab qilayotgan bo‘lsa, “Vest Hem” mutasaddilari bu summani pasaytirishga harakat qilishmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

“Qizil iblilsar” arzonroq variantlarni qidirishmoqda

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Markus Reshfordning jarohat olganidan xabaringiz bor. Klub mutasaddilari uning ornini to‘ldirish maqsadida bir nechta variantlarni ko‘rib chiiqshmoqda.

“Sky Sport” nashri bergan ma’lumotga qaraganda, Sulsher jamoadagi yo‘qotishni katta talofatsiz hal etish maqsadida. Shu sababli klub yarim mavsumga hujumchi ijarga olishni mo‘ljallamoqda.

Klub radarida bir yo‘la ikki hujumchi tushib qoldi. Ulardan biri Islam Slimani bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy chempionatida to‘p tepayotgan Odion Igalo.

Bu futbolchilar uchun APL begona emas. Igalo o‘z vaqtida “Uotfurd”da omadli to‘p surgan bo‘lsa, Slimani “Lester”da javlon urgan.

“Manchester Yunayted” bu hujumchilarning qay birini qisqa muddatga ijarga olish borasida kelishuvga erishsa, o‘sha futbolchi “Old Trafford”ga tashrif buyuradi.

Lemarning taqdiri deyarli hal

“Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Tomi Lemar Londonning “Arsenal” jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi”, -deb xabar bermoqda Marca nashri.

“Kononirlar” futbolchining agenti bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan. Endilikda, “Atletiko” bilan muzokarlar boshlanadi. Manbaning ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan “Arsenal” Lemarni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Lemarning o‘zi tezroq Madriddan ketish uchun “Arsenal” tomonidan kichikroq maosh belgilangan shartnomaga ham rozi. Agarda, ikki klub transfer summasi va turli bonuslari kelishib olsa, kelasi haftada Lemarning transferi rasman e’lon qilinadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:55, 25.01.2020.
O'qildi: 10057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.