Italiyaning “Napoli” klubi futbolchisi Fernando Lyorente yanvar oyida Italiyaning «Inter» klubiga o‘tishi mumkin edi. Biroq, Dris Mertens jarohatidan forig‘ bo‘lmaganligi sababli, “Napoli” Lyorenteni “Inter” klubiga o‘tishini taqiqlab qo‘ydi.
34 yoshli Lyorente joriy mavsumda «Napoli» tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.