Kirish Ro'yxatdan o'tish

David de Xea grand jamoaga o‘tishi mumkin

David de Xea grand jamoaga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Fiorentina» darvozaboni David de Xea «Yuventus» klubining qiziqishlar doirasiga tushdi.

Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi uchun darvoza chizig‘ida asosiy transfer nishoni «Liverpul» posboni Alisson bo‘lib turgan edi. Biroq braziliyalik posbon yiliga 8 million yevro maosh talab qilmoqda — «Yuventus» esa bu talabni bajarish imkoniyatiga ega emas.

Shu sababli «keksa sinyora» muqobil variant sifatida De Xea nomzodiga to‘xtalgan. «Fiorentina» ispaniyalik darvozabonni taxminan 10 million yevro evaziga sotishga tayyor. De Xeaning yillik maoshi 3,5 million yevroni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich turinliklarning moliyaviy imkoniyatlariga to‘liq mos keladi.

Kiritildi: 17:52, 22.04.2026.
O'qildi: 6661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик