Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Menga tushuntirib bering». Flik — «Barselona» — «Selta» o‘yinidagi bekor qilingan gol haqida (video)

«Menga tushuntirib bering». Flik — «Barselona» — «Selta» o‘yinidagi bekor qilingan gol haqida (video)

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 33-turida «Selta»ga qarshi uchrashuvda (1:0) Ferran Torres kiritgan gol bekor qilingani haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 55-daqiqada bosh hakam Xose Munuera Montero ofsayd sababli ushbu golni inobatga olmagan edi.

«Menimcha, Ferran kiritgan ikkinchi gol to‘g‘ri hisoblanishi kerak edi. Nima uchun u bekor qilingani bo‘yicha tushuntirib berishlarini xohlayman. Ofsayd qayerda edi? Men sizlar ko‘rgan suratni ko‘rdim. Odatda biz o‘yinni nazorat qilamiz, ammo «Selta» yuqori pressing bilan katta bosim o‘tkazdi. Vaziyat yaratish va gol urish oson emas. Bir necha marta to‘pni oson yo‘qotdik va bu bizga yordam bermadi», — dedi Xans-Diter Flik. Uning so‘zlarini Marca keltirdi.

Bu natijadan so‘ng «Barselona» 32 o‘yindan keyin 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Selta» esa 44 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:52, 23.04.2026.
O'qildi: 4984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик