OFK Chempionlar ligasi-2 yarim finali doirasida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» hamda Qatarning «Al-Ahli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Dubaydagi «Zabel» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Saudiya klubi 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinda hisobni 10-daqiqada «Al-Ahli» hujumchisi Seku Yansan ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Kingsli Koman muvozanatni tikladi. 23-daqiqada vinger Gabriel Anjelo «An-Nasr»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunida, 45+7-daqiqada Kingsli Koman dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Koman xet-trik qayd etgan bo‘lsa, 80-daqiqada Abdulla Al-Hamdan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:1.
Qayd etish joizki, Krishtianu Ronaldu maydonda 78 daqiqa harakat qildi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Endi «An-Nasr» turnir finalida 16 may kuni Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi bilan kuch sinashadi.













