Argentinaning "Ximnasiya” klubi bosh murabbiyi afsonaviy Diyego Maradonaning aytishicha, unga Venesuela terma jamoasi bosh murabbiyligini taklif qilishgan, biroq u rad javobini bergan.
"Men ularga o‘z fikrimni aytdim. Men klubdagi bu futbolchilarni tashlab keta olmasdim", - dedi Maradona Fox telekanaliga bergan intervyusida.