Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

So‘nggi zarba

So‘nggi zarba

Baho:
+ | -

Hech sezganmisiz taqdir bizni katta musobaqalar saralashining so‘nggi turigacha umidvor qilib qo‘yadi. Xatto xalqda “bizda doimo imkon bor”, - degan ibora ham mavjud. Mayli hazil o‘z yo‘liga. Bugun Drulovich va yigitlarda qulay imkoniyat mavjud. Ular omadsiz ko‘rinish olgan musobaqani muvaffaqiyat bilan yakunlashlari mumkin.Ha ha bizda yana imkoniyat bor!

Nima bo‘lgan taqdirda ham umid barchasidan oxirida so‘nishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Olimpiyachilarimiz boshlagan ishni bugun tugatishadi. Aynan shu o‘yin musobaqani ijobiy yoki salbiy notada yakunlashimizni hal etadi. Bilaman, Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng, aksariyat muxlislarning ko‘ngli sovub ketdi. Bu bor gap, lekin amallar oxiriga qarab baholanishi kerak. Hali to‘liq yakunlanmagan ish uchun jamoamizni yomon ko‘rishga haqqimiz yo‘q.

Olimpiyadaga chiqish uchun Avstraliyada qanchaimkon bo‘lsa, bizda ham shuncha. Ulardan zig‘ircha ham kam emas. Keling, so‘nggi uchrashuv oldidan Drulovichning rotatsiyasi, Yaxshiboyevning egosi, Boburning qo‘ldan boy bergan imkoniyatlarini, himoyadagi pala-partishlikni, umuman barcha-barchasiniunutaylik-da, 90 daqiqaga birlashaylik. Tanqid qilishga, hech qachon kech emas. Vaziyatdan chiqib ketish uchun ideal qaror bu “kengrular”ni chetga surib tashlash. Katta yoshdagi futbolchilardan farqli o‘laroq yoshlarimiz uchun Avstraliya yutib bo‘lmas raqib emas. Nasib qilsa, bugun tunda O‘zbekiston xalqi tarixidagi ulkan g‘alabani qo‘lgakiritamiz. Yigitlarni duo qilaylik. Ular ayni damdabizning yordamimizga har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhtojlar.                                                                  

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev                      

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:00, 25.01.2020.
O'qildi: 5061 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик