Fransiyalik yarim himoyachi Xatem Ben Arfa Ispaniyaning "Valyadolid" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, fransiyalik futbolchi “Valyadolid” klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. Ben Arfaning so‘nggi klubi Fransiyaning "Renn" klubi bo‘lgan edi.













