Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin qaysi jamoa safida o‘ynashini bilmasligini aytib o‘tdi. Shu narsa aniqki, u asosiy jamoa bilan navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga ketmaydi.
«Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, «Zenit» klubi bilan yig‘inga bormayman. Qaror qabul qilindi va bu e’lon qilindi. Faoliyatimni qayerda davom ettirishim haqida hech narsa ayta olmayman», - futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Pod’yom» nashri.