Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona» Baldeni sotib, uning o‘rniga sobiq futbolchisini qaytarmoqchi

«Barselona» Baldeni sotib, uning o‘rniga sobiq futbolchisini qaytarmoqchi

Baho:
+1 | -

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bo‘lajak transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Potensial kelishuv qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Jurnalist Xose Alvaresning ma’lumot berishicha, kataloniyaliklar ushbu taklifni qabul qilish ehtimoli juda yuqori. Klub Baldening sotuvidan tushgan mablag‘ni o‘zlarining asosiy maqsadlari — Alessandro Bastoni va Xulian Alvares transferlariga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

«Barselona» rahbariyati Baldega o‘rinbosar sifatida «Bayer» himoyachisi Alexandro Grimaldoni tanlagan. Leverkuzenliklar a’zosini 10-12 million yevro evaziga qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Grimaldo «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq u jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. 30 yoshli futbolchi Germaniyani tark etgach, faoliyatini La Ligada davom ettirish istagi borligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 12:05, 22.04.2026.
O'qildi: 19579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик