El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Ispaniyaning "Valensiya" klubi hujumchisi Rodrigo "Barselona" klubiga ko‘chib o‘tishi amalga oshmaydiganga o‘xshayapti.
Gap shundaki, “ko‘k-anorranglilar” Rodrigoning bitimiga Mussa Vage yoki Karles Peresni qo‘shmoqchi, biroq, "ko‘pshapalaklar" Nelson Semedu yoki Karles Peresni qo‘shib berishini talab qilmoqda.
Yakunda klublar hozircha bitim borasida murosaga kela olishmadi.













