Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Paxtakor» «Suvon»dan ustun keldi

«Paxtakor» «Suvon»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» BAA yig‘inini Koreya klubi ustidan g‘alaba bilan yakunladi.

Koreya yuqori ligasi ishtirokchisi va joriy mavsum Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa bilan bellashuv qiziqarli kechdi. 12-daqiqada Masharipov oshirgan to‘pni Cheran darvozaning yuqori qismiga aniq yo‘lladi va hisobni ochdi. Keyinchalik ham to‘pni nazorat qilish evaziga bir necha imkoniyatlarga ega bo‘lgan paxtakorchilar ulardan foydalana olmadi. Bahsda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa "Paxtakor" yig‘inni g‘alaba bilan yakunladi.

30 yanvar kuni Toshkentga qaytib keladigan "Sherlar" Chempionlar ligasining 1-turida "Shabab al-Ahli"ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

"PAXTAKOR" - "SUVON SAMSUNG" - 1:0
Gol: Cheran 12.
"Paxtakor": Suyunov, Salimov, Eshmurodov (A’zamov, 58), Krimes (Ismoilov, 68), Sayfiyev, Hamrobekov, Iminov, Hamdamov (Sobirjonov, 85), Cheran, Masharipov, Sergeev (Derdiyok, 58).

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:02, 29.01.2020.
O'qildi: 4964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик