Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

APLning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun da’vogarlar bilan tanishing

APLning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun da’vogarlar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Mana 40 yildan buyon bu sovrin Angliyada o‘z egalarini topib kelmoqda. Ilk bor 1974 yilda bu sovringa “Ispvichtaun” jamoasi futbolchisi Kevin Bitti loyiq ko‘rilgan. Undan so‘ng bu sovringa Bekham, Garet Beyl, Eden Azar, Ronaldu, Harri Keyn, Giggz, Jerrard singari mega yulduzlar loyiq ko‘rildi. Bugun APLning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan sovringa da’vogar bo‘lgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Temmi Abraham

“Chelsi” transferlarsiz mavsumni qanday boshlashi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan edi. Frenk Lempard qiyin vaziyatga oqilona yechim topdi va bor e’tiborni yoshlarga qaratdi. Natijalar chakki emas. Jamoa YECHLning pley-off bosqichiga chiqdi, APLda kuchli to‘rtlikda bormoqda.
Jamoa erishayotgan yutuqlarda klassik 9-raqam egasi Temmi Abrahamning hizmatlari katta. Kostadan so‘ng, hujumchilarga yolchimay qolgan “aristokratlar” noilojlikdan Abrahamga imkoniyat yaratib berishdi va hujumchi bu imkoniyatga ikkita qo‘li bilan mahkam ilashib oldi. Ayni damda APL bahslarida 13 ta gol kiritgan futbolchi Meyson Maunt bilan zamonaviy “Chelsi”ning hujumlariga javob bermoqda. 22 yoshli futbolchi jamoaning beqaror o‘yinlarida ham ochko ishlab olishini ta’minlab bermoqda.

Jeyms Medison

O‘tgan mavsumda “Norvich” safida porlagan Medisonning APLda o‘ynini topib olishiga hech kim shubha qilmagan edi, biroq futbolchining o‘yinlari “Lester” uchun kutilganidan ham yaxshiroq effekt bermoqda. Angliya terma jamoasidan chaqiruv olgan futbolchining  Brenden Rodjers ustalik bilan yangi qirralarini kashf etishda davom etmoqda. “Lester”ning 10-raqamli futbolchisi jamoaning APLdagi eng hujumkor jamoasi bo‘lishini ta’minlab bermoqda. Ayni damda Jeyms APLning en havfli futbolchilaridan biri sanaladi. Qahramonimiz har bir o‘yinda o‘rtacha 3ta uzatmani amalga oshirmoqda. “Lester”ning kuchli uchlikda ketayotganini inobatga olsak, Medisonda sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Jek Grilish

Deyarli 5 yillik tanaffusdan so‘ng, yana APLGa qaytgan birmingemliklar musobaqani omadsiz davom ettirishmoqda. Mavsum boshida juda katta transfer kompaniyasini amalga oshirgan klub “Sheffild”ning fonida juda ojiz ko‘rinmoqda. Shunday omadsiz mavsumda ham jamoada ajralib turishni uddalayotgan Jek Grilish ham sovrin uchun da’vogarlik qilishi mumkin. Uning “Villa” sardori ekanligi ham unutmaslik lozim. Grilish davom etayotgan mavsumda APL o‘yinlarida 7 gol va 5 ta assistni amalga oshirgan futbolchi jamoasini elitada saqlab qolsa, uning sovrin uchun imkoniyatlari yanada oshib ketishi hech gap emas.

Markus Reshford

“Manchester Yunayted” uchun 200ta,  terma jamoa uchun 28 bor maydonga tushgan o‘yinchini yosh deyishga ham uyalasan. Statistika futbolchida katta tajriba bor ekanligni ma’lum qilishiga qaramay, Markus endigina 22 yoshga to‘ldi. “Manchester Yunayted”ning  asosiy yukini yelkasiga olgan hujumchi jarohat olmaganida, o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazishi mumkin edi. Ayni damda uning hisobida 14 ta gol mavjud. Bu  Muhammad Saloh, Harri Keyn singari futobchilardan ko‘proq degani. Afsuski, doimo iqtidorlilar qatorida tilga olingan futbolchi faoliyati davomida birorta yirik shaxsiy sovringa ega chiqmagan. Agar, Markus jarohatidan ertaroq forig‘ bo‘lib, o‘z formasini tiklab olsa, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga qodir.

Trend Aleksandr Arnold

O‘zining 18 yoshida qanot himoyachisi bo‘lishiga qaramay, “Oltin to‘p” uchun kurash olib borgan Trend Aleksandr Arnold sovrin uchun asosiy da’vogar ekanligi barchaga ayon. “Liverpul” APL g‘olibligi uchun o‘zi bilan o‘zi kurash olib borayotgan bir pallada Trend dunyoning eng qimmat qanot himoyachisiga aylandi. Boz ustiga, uning hisobida ayni damda 9 ta golli uzatma bor. Bu Kevin De Bryuynedan so‘ng APLda ikkinchi ko‘rsatgich. Zamonaviy qanot himoyachisidan talab qilinadigan barcha hislatlarni o‘zida jam qilgan o‘yinchi barchamizning ko‘z o‘ngimizda o‘sib bormoqda. “Burchak to‘pi otasi” laqabli yosh futbolchi mavsum so‘ngiga qadar o‘z ko‘rsatgichlarini yanada yaxshilab borsa, katta ehtimol bilan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominasiyasida g‘olib chiqishi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:55, 30.01.2020.
O'qildi: 8641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.