Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland Bundesliga rekordini o‘rnatdi

Xoland Bundesliga rekordini o‘rnatdi

Baho:
+2 | -1

«Borussiya» hujumchisi Erling Xoland Bundesliganing 20-turi doirasida «Union»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (5:0) ikkita gol urdi.

Norvegiyalik futbolchi bahsning 18 va 76-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Xoland «Borussiya»ga o‘tganidan keyin 3ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi.

U Bundesliga tarixida dastlabki 3ta o‘yinda 7ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Avvalroq 19 yoshli futbolchi «Augsburg»ga qarshi o‘yinda (5:3) "xet-trik", «Kyoln» bilan uchrashuvda esa (5:1) "dubl"ni rasmiylashtirgan edi.

Mazkur o‘yinlarda Erling jami 136 daqiqa davomida maydonda harakat qildi: u dastlabki ikkita o‘yinda zaxiradan maydonga tushirilgan bo‘lsa, bugungi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlab, 77-daqiqada zaxiraga olindi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:46, 01.02.2020.
O'qildi: 9773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик