Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi dastlabki nazorat bellashuvida AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Murabbiylar shtabi har ikkala taymda turli tarkiblarni tushirgan holda barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi. Mirjamol Qosimov va Farhod Imamov jarohati bois mazkur o‘yinda ishtirok etolmadi.
Birinchi taymda jamoalar keskin kurashlarga boy o‘yin taklif qilishdi. Har ikkala jamoaning hujum guruhi mudofaa chizig‘i vakillarining to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘lishmadi va natijada jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi taymda olmaliqliklar uchrashuvda yagona bo‘lgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Jarima zarbasidan Erkin Baydullayev to‘pni qanotga Hojimat Erkinovga uzatdi, Erkinovning jarima maydonchasi ichiga uzatmasini esa Mate Vatsadze aniq zarbasi bilan golga aylantirdi - 1:0! Bu gol Mate Vatsadzening norasmiy debyut goliga aylandi.
Mazkur gol bahs so‘nggiga qadar yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa AGMK Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ilk nazorat o‘yinida g‘alabani tantana qildi.
Nazorat uchrashuvi, 02.02.2020
AGMK — Turkmaniston 1:0
Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»
Gol: Mate Vatsadze (55)
AGMK (4-3-3) — Suhrob Sultonov - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Yovan Jokich, Sanjar Tursunov, Murod Toshmatov - Arslonmirat Amanov, Zafar Polvonov, Elguja Grigalashvili.
Ikkinchi bo‘limda tushgan tarkib — Roman Abdulov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Sheroz Jalolov - Erkin Baydullayev, Jasur Umarov - Saydullo Toshpo‘latov, Shahzod Nurmatov, Xojimat Erkinov - Mate Vatsadze.
Turkmaniston — Raxat Japparov, Mekan Ashirov, Ata Geldiyev, Oraz Atayev, Moychamberdi Goshanov, Bayramberdi Nurliyev, Nazar Tovakelov, Shatlik Gurbanov, Meylis Diniyev, Ixlos Magtimov, Yazgilich Gurbanov.
Zaxiradagilar: Muxammet Ovezov, Gurbanmirat Garayev, Ashirgeldi Sariyev, Dovran Berdiyev, Sayat Gulliyev, Ali Borjakov, Yakub Magsatov, Batirgilich Berdiyev, Murat Amantaganov, Davr Seyitmuhamedov, Shamdimet Xidirov, Batir Tachnazarov.