Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Sautgempton» klubiga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa hujumchisi Firmino haqida iliq fikrlarni bildirdi.
«Bobbi – juda aqlli futbolchi. To‘g‘risini aytganda, men bunday aqlli futbolchilarni bilmayman. Adashmasam, bunday futbolchi yo‘q.
Barcha hujumchilarga yaxshi paslar kerak. Firmino nafaqat gol kiritishni, balki jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlab berishni ham uddalay oladi.
Firmino jamoadoshlarining eng yaxshi tomonlarini ochib bera oladi. Uning noyob iqtidori bor. Dunyoda ikkinchi Firmino yo‘q», — dedi Yurgen Klopp.













