Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sirli Pablo Mari

Sirli Pablo Mari

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” jamoasi qishki transfer oynasida kutilmagan yurish bilan barchani hayratda qoldirdi. “Kononirlar” transfer qiymati 1,8 million yevroga teng himoyachini mavsum so‘nggiga qadar 5 million yevro evaziga ijaraga olishdi. Mari Braziliyadan chiqqan  yosh va iqtidorli futbolchi emas. U ikkinchi Markinos yoki Tiago Silva bo‘lishi bashorat qilinayotgan tineydjer ham emas. U Ispaniya Segundasida 135 ta, Segunda B da 73 ta uchrashuvda maydonga tushgan 26 yoshli ispan. Maqolaning sarlavhasi ham shu faktlar asosida tanlandi.

Artetaga begona emas

Mikel o‘z murabbiylik faoliyatidagi ilk transferi sifatida aynan Pablon tanladi. Murabbiy Marini tanigani uchun balki shu ishga qo‘l urgandir. Arteta va Gvardiola 2016-yilda Segundada to‘p surayotgan himoyachini 200 ming yevro evaziga jamoaga qo‘shib olishgan edi. Eng qizig‘I shundaki, Mari shu qadar Gvardiolada yomon taassurot qoldirgan ekan-ki, himoyachi o‘sha yiliyoq “Jirona”ga ijaraga berib yuboriladi. Shunday bo‘lsada, murabbiylar shtabi o‘z futbolchisini kuzatishda davom etgani aniq. Arteta uchun Pablo Mari biz o‘ylagandan ancha yaxshi tanish bo‘lib chiqmoqda.

Omadsiz va omadli ijara

Ispaniyaga “Manachester Siti” futbolchisi maqomida borgan yigitning ishlari sira yurishmadi. Qahramonimiz butun mavsum davomida atigi 8 (asosiy tarkibda 6) o‘yinda maydonga tushdi. Qaytanga, Gollandiyaning NAK klubidagi faoliyat ancha omadli chiqdi. Xatto gollandlar ijaradagi futbolchiga sardorlik bog‘ichini ham topshirishgacha borishdi. Musobaqa jon salqab qolish uchun kurash olib borayotgan jamoa asosan yoshlardan tashkil topgani uchun murabbiy shunday qarorga kelgan edi. Quvonarlisi shundaki, Pablo o‘sha mavsum jamoa bilan elitada qolishni (14-o‘rin) uddaladi. Bundan tashqari, uni Gollandiya chempionatining ikki bor oyning eng yaxshilari qatorida ko‘rdik.

Sal qolgan edi…

Omadli mavsumdan so‘ng, Primeroga qaytish uchun kurashayotgan “Deportivo” safini to‘ldirgan ijarachi Mari uchun hammasi yaxshi boshlandi. Jamoa so‘nggi turlarga qadar qulay imkoniyatni saqlab turdi, biroq hal qiluvchi pley-off o‘yinlarida vaziyatni qo‘ldan chiqarib yubordi. Avvaliga “Malaga” to‘sig‘idan o‘tildi. Hal qiluvchi bahsning birinchisida "Malyorka” 2:0 natijasi bilan mag‘lub etildi. Barcha “Deportivo”ning “La Liga”ga qaytishi haqida so‘zlab turgan bir paytda, javob uchrashuvi 0:3 natijasi bilan yakunlandi. Butun mavsum davomida “ko‘tarilish”ga intilgan “Depor” “ettim deganda qoqqilib” Segundada qolib ketdi. Afsuski, Mari o‘sha alamli mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yindagina ishtirok etdi. 193 sm bo‘y egasi "ikkinchi Pike" maqomini bir kunda boy berdi.

Ajoyib “Flamengo”

O‘tgan yilning iyul oyidan boshlab, dekabr so‘nggiga qadar Braziliya klubi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi barcha uchrashuvlarni to‘liq o‘tkazdi. Jorjo Mendesh qo‘l ostida Pablo o‘zi singari bo‘ydor Rodrigo Kayo bilan ajoyib tandem hosil qildi. Murabbiy himoyachilarga ishongan xolda raqiblarni erta kutib olishga mo‘ljallangan tavakkal o‘yin uslubidan foydalanishni boshladi. Taktikaga katta urg‘u berilmaydigan Janubiy Amerika futbolida “Flamengo” chinakam burulish yasay oldi. Jamoa murosasizligi borasida Bundesligadan qolishmaydigan chempionatda g‘olib chiqibgina qolmay, “Libertadoris” musobaqasi oltin medallarini ham qo‘lga kiritdi. Shunday bo‘lsada, jamoa himoyasini ortiqcha maqtashga hali erta. Mari boshchiligidagi himoyachilar 30 ta uchrashuv davomida 27 bor gol o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.

Hech kimga kerakmaslar “Arsenal”da yetarlicha topiladi

Pablo Marining to‘laqonli o‘yinlarini hech yo‘q ikkitasini ko‘rmasdan turib fikr bildirishga erta. Yaxshisi ushbu transfer haqida “Arsenal” afsonasi Pol Merson aytgan so‘zlar bilan cheklanamiz.

“Ushbu transfer ayni damda “Arsenal” naqadar qiyinchilikda ekanligni ko‘rsatib turibdi. Biz jamoaning avvalgi darajasi sababli grandlar qatorida tilga olamiz, aslida klub o‘rtacha faoliyat olib bormoqda. Grand jamoalar himoyadagi muammolarni yopish uchun 60 million yevrodan voz kechishga qodir bo‘lishi kerak. Ana shunday himoyachilar o‘yindagi farqni belgilab berishga qodir. Arteta himoa oqsoqlanayotganini ko‘rdi va ikkita himoyachini xarid qildi. Qandaydir Soaresh va segunda qiroli Pablo Mari o‘yindagi farqni belgilab beradigan futbolchilar emas. Menimcha, endi “Arsenal” transfer oynasida kurash olib boradigan jamoa emas. Ular ko‘proq hech kim kuzatmaydigan futbolchilarga e’tibor qaratidagan klubga aylanib qolishdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:34, 05.02.2020.
O'qildi: 5596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.