Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ispaniya kubogi. «Granada» amaldagi g‘olibni musobaqadan chiqarib yubordi (videosharh)

Ispaniya kubogi. «Granada» amaldagi g‘olibni musobaqadan chiqarib yubordi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda kutilmagan natija qayd etildi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi — «Valensiya» klubi «Granada» maydoniga safar uyushtirib, imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Soldado mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida Rodrigo hisobni tenglashtirdi.

O‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chadigandek edi, qo‘shib berilgan daqiqalarda "Valensiya" darvozasiga penalti belgilandi. Yana o‘sha 34 yoshli Roberto Soldado 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, "Granada"ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Granada" Ispaniya kubogining dastlabki yarim finalchisiga aylandi.

Ispaniya kubogi, chorak final
Granada – Valensiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Soldado, 1:1 – 40 Rodrigo, 2:1 – 90+4, penalti Soldado.
Granada – Eskandel, Valyexo, Xerman Sanches, Neva, FulkYE, Puertas, Vadilyo (Dias, 46), Errera, Gonalon (Eteki, 86), Soldado, Fernandes (Machis, 69).
Valensiya – Domenek, Gabriel Paulista, Kosta, Diakabi (Sobrino, 90), Vass, Ferran Torres (Gedesh, 68), Soler, Parexo, Koklen, Rodrigo (Florensi, 87), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Gonalon (43), Soldado (53).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:41, 05.02.2020.
O'qildi: 5934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик