Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Oyoqsiz tug‘ilgan qozog‘istonlik bola "Real" futbolchilari bilan uchrashdi

Oyoqsiz tug‘ilgan qozog‘istonlik bola "Real" futbolchilari bilan uchrashdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonlik oyoqsiz bolakay Ali Turganbekov Madridning «Real» klubi futbolchisi Luka Modrich bilan uchrashdi deya xabar bermoqda Sportbox.ru.

Ali Ispaniya Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Real” hamda “Real Sosyedad” (3:4) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan. Uchrashuvdan so‘ng Modrich va jamoaning boshqa futbolchilari bilan uchrashgan. Ali shuningdek, “Real” hujumchisi Karim Benzemadan esdalik uchun futbolka olishga muvaffaq bo‘lgan.

Turganbekov 14 fevral kuni 12 yoshni qarshi oladi. U avvalroq ko‘plab futbolchi yulduzlari va boshqa mashhur sportchilar bilan ko‘rishishga muvaffaq bo‘lgan.

U o‘tgan yili UYEFA Superkubogi sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etgan va shuningdek, Yutubdagi «KraSavi» kanalining asosiy qahramoniga aylangan.

Kiritildi: 14:17, 07.02.2020.
O'qildi: 5969 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.