Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Qahramon Aslanov: APLda ilk marta berilgan qishki ta’til haqida

Qahramon Aslanov: APLda ilk marta berilgan qishki ta’til haqida

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida 26-tur ikki hafta davom etadi. 4 o‘yin erta va indinga, qolgan 6 o‘yin esa, kelasi hafta dam olish kunlari bo‘lib o‘tadi.

Gap shundaki, Yevropadan farqi ravishda, faqat Angliyada qishki tanaffus yo‘q edi. Bu esa, ko‘p murabbiylarning e’tiroziga sabab bo‘lar, yuklamalar natijasida jarohatlar ko‘payib, yevrokuboklarda ham ingliz jamoalari zarariga ishlardi.

Bu mavsumdan APL ham fevralda klublarga ikki hafta dam olish imkonini yaratdi. Eng qoyil qoladigan tarafi, bu six ham, kabob ham kuymaydigan shaklda ro‘y beradi - klublar dam olgani bilan, futbolda uzilish bo‘lmaydi. Muxlislar har xafta APL o‘yinlaridan bahramand bo‘lishda davom etadilar.

12 jamoa bu hafta maydonga tushishmaydi, demak, ularga 1-15 kunlari dam olish imkoni berilgan. Bu hafta maydonga tugadigan 8 jamoa uchun esa, keyingi turgacha, ya’ni, 8-22 kunlarida tanaffus berilgan.

Yana bir qiziq jihat. Yevrokubok qatnashchilaridan faqat «Manchester Siti» o‘z o‘yinini bu hafta o‘tkazadi. Chunki Gvardiola jamoasining Yevropa Chempionlar Ligasidagi o‘yini 26 fevralga belgilangan.

Ma’lumki, YECHL da 1/8 final o‘yinlari ikki haftaga bo‘lib o‘tkaziladi. «Tottenhem» va «Liverpul» bu hafta o‘ynay olmasdi, chunki ularning YECHL o‘yinlari 18-19 kunlariga belgilangan. APL ularga dam bergani bilan, yevrokuboklar tufayli, bu jamoalar tanaffus qila olmay qolishardi.

Ha, «Chelsi» ham xuddi «Manchester Siti» kabi YECHL ning ikkinchi haftasida, ya’ni 25 fevralda o‘ynaydi. Nega londonliklarning APL uchrashuvi shu haftaga belgilanmadi, degan savol ham paydo bo‘lishi mumkin.

Sababi, «Chelsi»ning navbatdagi turdagi raqibi - «Manchester Yunayted». Bu jamoa ham yevrokubok ishtirokchisi va 20 fevral kuni ular Yevropa Ligasida «Bryugge» mehmoni bo‘ladilar. «Chelsi»ga qarshi o‘yinning, aytaylik, 8 fevralda bo‘lishi «Yunayted»ni ikki haftalik bo‘shliqdan mahrum qilardi. Hammasi hisoblangan.

Faqat Angliya kubogida takroriy o‘yinga qolib ketgan «Tottenhem», ««Liverpul» va «Sauthempton» jamoalari boshqalardan kam dam olishga majbur bo‘lib qoldilar. Albatta, qisman ayb o‘zlarida, birinchi o‘yindayoq xal qilish kerak edi.

«Liverpul» «aybini» takroriy o‘yinda yoshlarni tushirib, asosiy tarkibning ta’tilini buzmaslik bilan yuvdi. «Tottenhem»ning raqibi kuchliroq bo‘lganidan, bundan imkoniyat bo‘lmadi, demak, hali Joze Mourinyodan Angliyada boshqalardan kamroq tanaffusga ega bo‘lgani haqidagi nolishlarni ham eshitib qolsak ajab emas.

Qahramon ASLANOV.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 21:49, 07.02.2020.
O'qildi: 3697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик