Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2018 yilning mart oyidan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqan edi.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga endilikda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan Olim Shokirov ustozlik qiladi.

Kecha O‘FA Murabbiylar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga nomzodlar ko‘rib chiqildi. Murabbiylar kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda Olim Shokirov endilikda O‘zbekiston U-16 terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib boradi. Shu paytga qadar O‘zbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassislar ham faoliyatini davom ettiradi – Sergey Arslanov (katta murabbiy), Timur G‘aniyev (darvozabonlar murabbiyi) hamda Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy).

Shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida tajribali mutaxassislar – Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida o‘z tavsiyalarini berib borishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:22, 08.02.2020.
O'qildi: 8185 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик