Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/12 00:45 Lechche 1-0 Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad 1-2 Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna
14/12 00:45 Atalanta - Kalyari
14/12 01:00 Arsenal - Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe - Espanyol
14/12 16:30 Milan - Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya - Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina - Verona
14/12 19:00 Udineze - Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend - Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem - Aston Villa
14/12 20:15 Selta - Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford - Lids
14/12 22:00 Jenoa - Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar (2-qism)

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar (2-qism)

Baho:
+ | -1

Futbol klublari erkin agent maqomidagi futbolchilarni qo‘lga kiritishni hush ko‘rishi hech kimga sir emas. Agarda, top darajadagi futbolchilar bo‘lsa, ikki xissa yoqimli. Stadion.uz yozda o‘zlari harakat qilayotgan klub bilan shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan tanishtirishda davom etadi.

Yan Vertongen

Belgiyalik himoyachi uzoq muddat himoyaning turli pozitsiyalarini muvaffaqiyatli yopishni uddaladi. “Tottenhem” o‘z yetakchisi bilan xayrlashishni istamayotgan bo‘lsada, himoyachining o‘zi YECHL finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ketishga qaror qildi. Futbolchining “oshiqlar”I yetarlicha topiladi. Albattada, APLda suyagi qotgan universal himoyachini tekinga qo‘lga kiritishni kim ham istamaydi?!

Rafael Gerreru

Amaldagi Yevropa chempioni va iqtidorli qanot himoyachisi – Gerroruning ham bu ro‘yxatda ekanligini ajablantirishi aniq. “Borussiya” klubi 25 yoshli futbolchining hizmatlaridan bu mavsumda juda kam foydalanmoqda. Portugaliyalik fulbekka Dortmundda o‘yin amaliyotisiz qolib ketish sira yoqmayapti. Shu sababli, qahramonimiz shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Hozircha, tomonlar yangi shartnomasi borasida muzkaralarni davom ettirishmoqda.

Tomas Menye

Belgiyalik futbolchi Tomas Tuxel bilan chiqishib ketishga qanchalar urunmasin, buni uddasidan chiqa olmadi. JCHning bronzo medali sohibi PSJning bu mavsumdagi o‘yinlarning 30 foizida ham ishtirok etgani yo‘q. Katta ehtimol bilan yozda uni boshqa jamoa safiga borib qo‘shiliga guvoh bo‘lsak kerak.

Olivye Jiru

 

Fransiyalik hujumchi qishki transferlar chog‘ida “Inter” o‘tishni juda istagan bo‘lsada, Londonda qolib ketdi. Frenk Lempard amaldagi JCH g‘olibini noilojlikdangina tarkibda olib qolganidan xabaringiz bor. Hujumchi 33 yoshda bo‘lishiga qaramay, yozda uni qo‘lga kiritishni istagan klublar soni keskin ortib ketishi aniq.

Tobi Alderveyld

“Tottenhem”ning yana bir iqtidorli himoyachisi “shporlar”ning hasisligi qurboni bo‘ldi. Bir necha mavsum ilgari “Manchester Yunayted” ishqida yongan himoyachi bilan hozir hech kimning ishi yo‘q. London klubidagi sovrinsizlikdan charchagan Tobi jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamagach, klub ham uni ketish fikridan qaytara olmasligini anglab yetdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:46, 08.02.2020.
O'qildi: 5826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.