Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchisi Raxim Sterlingga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.
Telegraph nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Madridning «Real» Sterling bilan bo‘layotgan vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda.
25 yoshli futbolchi «Manchester Siti» bilan yaqin vaqtlar ichida shartnomasini uzaytirmasa, bu vaziyatdan “Real” foydalanib qolmoqchi.













