Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Jon Stounz shu yozda «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etadi.
31 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. U mavsum yakunigacha jamoasiga yordam berishni, shundan so‘ng klubdan ketishni rejalashtirmoqda.
Angliyalik futbolchi xuddi avvalroq jamoadan ketishini tasdiqlagan Bernardu Silva kabi, iyun oyida «shaharliklar» safidagi faoliyatini yakunlaydi.
Stounz 2016 yildan beri «Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda va bu davr mobaynida jamoa bilan birgalikda 18 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.













